Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 1330 marta o'qildi

Konsullik okrugi — konsullik muassasasiga konsullik vazifalarini bajarish uchun biriktirilgan bir yoki bir necha davlat hududi.

Xorijda doimiy yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatida olinishi lozim. Bunda interaktiv xizmatlar veb-portali portalidan foydalanish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar konsullik ro‘yxatiga qo‘yish uchun interaktiv xizmatlar veb-portali orqali murojaat qilganda hujjatlarning «PDF» formatida skanyer qilingan variantini yuboradi.

Konsullik ro‘yxatiga olingan shaxslarning elektron pochta manziliga doimiy konsullik ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi tegishli xabarnomani jo‘natiladi.

Konsullik muassasasida ro‘yxatga olinish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • veb-portali orqali elektron ro‘yxatga olish varaqasi (ariza va ro‘yxatga olish varaqasi) to‘ldiriladi;
  • pasport (biometrik, nobiometrik namunadagi), xorijga chiqish biometrik pasporti yoki harakatlanish hujjati (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
  • 16 yoshga to‘lmagan bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining (biometrik pasport, nobiometrik pasport, xorijga chiqish biometrik pasporti va harakatlanish hujjati bo‘lmaganda) asli (nusxalari olinib, asli qaytariladi);
  • ota-onasidan birining nobiometrik pasportidagi bola haqidagi ma’lumotlar kiritilgan sahifasi nusxasi (bola haqidagi ma’lumotlar ota-onasidan birining nobiometrik pasportiga kiritilgan holda xorijga chiqqan bo‘lsa);
  • chiqib ketish varaqasining yoki ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan berilgan fuqaroning biometrik pasporti, nobiometrik pasporti yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirilgan «Doimiy yashashga ketishga ruxsat berildi» yozuvli stikerning nusxasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning xorijiy davlat qonunchiligi talablariga muvofiq (viza, yashab turish hujjati, vaqtincha yashashga ruxsatnoma, pasportdagi tegishli qaydlar, ma’lumotnomalar va shu kabilar) bo‘lib turishining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat;
  • 3 x 4 sm o‘lchamdagi 1 dona fotosurat;
  • konsullik yig‘imi va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobiga yig‘imlar to‘langani to‘g‘risida kvitansiya.

Konsullik ro‘yxati quyidagi muddatlarga rasmiylashtiriladi:
  • xizmat safari — xizmat safari davomiyligi muddatiga;
  • o‘qish — o‘qish muddatiga;
  • davolanish — tibbiy xizmatdan foydalanish yoki davo muolajalari muddatiga;
  • ishlash — mehnat shartnomasi muddatiga;
  • o‘z oilasi bilan birlashishga — 4 yilgacha.

O‘zbekistonning xorijdagi konsullik okruglariga bosh konsullik, konsullik, vitse-konsullik, elchixonaning konsullik agentligi va konsullik bo‘limlari kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari bilan havolada tanishing.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari - elchixona, diplomatik maqomdagi savdo vakolatxonalari, xalqaro tashkilot vakolatxonalari, xorijiy davlatlarning hukumat va hukumatlararo tashkilotlari, xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari.

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarini bilan havolada tanishing.

Chat