Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1928 marta o'qildi

Apostilь qo‘yish — hujjatni (OTM bitirganlik haqidagi diplom, attestat, ilmiy unvon va darajalar haqidagi diplom) imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxs imzosining haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan rasmiy tartib-qoida.

Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • ariza;
  • ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi;
  • rasmiy hujjat ikki nusxada;
  • kvitantsiya.

Apostil qo‘yish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undiriladi.

Muddat:

Arizani ko‘rib chiqish muddati - 5 ish kunidan ortiq bo‘lmasligi kerak (aniq mansabdor shaxsning imzo qo‘yish huquqiga vakolatlarini tasdiqlash va (yoki) hujjat chiqadigan tashkilotning muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur bo‘lmagan taqdirda);

namunalar va hujjatlar talab qilish zarur bo‘lgan hollarda - 20 ish kunidan oshmasligi zarur.

Arizani elektron shaklda yuborishingiz mumkin.

Chat