Sayt test rejimida ishlamoqda

Huquqiy axborot - hammaga, har doim, hamma joyda!

  • 8259 marta o'qildi

Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham 30 yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).

  • Imtiyozli ipoteka krediti uy olish uchun talabgor Yoshlar ittifoqi makaziy kengashi tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.

Tavsiyanomaga ega bo‘lish uchun talabgor doimiy ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza topshiradi
  • nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan yolg‘iz ota yoki yolg‘iz onaning ilgari nikohda bo‘lmaganligi yoxud nikohdan ajralganligi, beva erkak (beva ayol) to‘g‘risida FHDYo organidan berilgan ma’lumotnoma;
  • oilaning tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma va oila a’zolarining pasportlari (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar) nusxalari;
  • yashash joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yosh oilaning turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • ish beruvchining muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik sub’ektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) mehnat daftarchasi nusxasi;
  • doimiy ish joyidan berilgan ariza beruvchining (oila a’zolarining) oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki ularning yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan ariza beruvchining (oila a’zolari — er va xotinning) oxirgi 12 oydagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
  • Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan er-xotinda mulk huquqi bilan turar joy yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • yosh oila talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar.

2020-yildan boshlab quriladigan uy-joylar uchun
  • ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga etgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foiz to‘lovlari yosh oilalarning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
  • kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada belgilanadi. 

  • Ipoteka krediti bo‘yicha birinchi 5 yil nihoyasiga etgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng miqdordagi foizlarning 25 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.

Ipoteka kreditini olish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi
  • so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatilgan holda kredit olishga buyurtmanoma;
  • sotiladigan kvartiraning oldi-sotdisi to‘g‘risidagi dastlabki shartnoma, kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda;
  • ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risida oxirgi 12 oy uchun ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud bo‘lganda) berilgan ma’lumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila a’zolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
  • ariza beruvchining oilasi tarkibi to‘g‘risida yashash joyidan berilgan ma’lumotnoma;
  • arizachining pasport nusxasi;
  • O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyanomasi.

  • Ipoteka krediti olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
  • Ipoteka shartnomasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladi.

2020-yil 1-maydan boshlab 2022-yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi.

Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 20 yilgacha uzaytirildi.


Yoshlar ittifoqi uylari haqida ma’lumot

Chat